# Linux

# Tushunchasi

Linux bu o'zi nima? Operation tizim? Protsessor? Yoki dastur? Keling hozir hammasi haqida gaplashamiz. Demak, Linux avvalambor eng pastki darajada ishlovchi operation tizimning yadrosi hisoblanadi va Linux ustida qurilgan operatsion tizimlar esa Linux distributivlari deb ataladi. Linux distributlar asosan o'z ichiga Linux yadrosi, drayverlar va grafik ta'minotlar yaratib beruvchi tizimlarni o'z ichiga qamrab oladi. Grafik ta'minotlar har xil ko'rinishda bo'ladi. Masalan, Gnome, KDE, Xfce va boshqalar. Ularning hammasi o'zgacha ko'rinish va qulayliklariga ega va shularning o'zini ustiga, ya'ni shu tizimlar yordamida qurilgan interfeysga ega dasturiy ta'minotni esa Ish stoli muhiti deb atashadi (ingliz tilida "Desktop Environment").

# Distributivlar

Linux Distributivlariga to'xtalib o'tadigan bo'lsak, Linux distributivlari o'zini oila va turkumlariga va har bir turkum o'zgacha hamjihatliklariga ega. Masalan turkumlarga Red Hat, Arch, SuSE va shu jumladan keng tarqalgan turkumlaridan biri hisoblangan Debian turkumi. Bularning turkum deb atalishidan maqsad esa, eng ko'p Linux distributivlari aynan shu turkumlardan biri asosida yaratilgan. Misol tariqasida, Linuxda yangi kirib kelganlar orasida keng tarqalgan Ubuntu distributivini olsak, Ubuntu o'zi Debian asosida yaratilgan va Ubuntu o'z ichiga Debian ning hamma qulayligi va hamjihatliklarini qamrab oladi.