# Xinux va uning jamiyati

# Maqsadi

Avvalambor shuni aytib o'tiz joizki, bu guruh yaralishidan maqsad bu Linux ni O'zbekistonda keng miqyosda rivojlantirish va undan foydalanishni hammaga o'rgatishdir. Bizning guruhimiz, jamiyatimiz hamma Linux va uning distributlarini qamrab olgan hisoblanib Linuxdagi hamma ma'lumotlar, yechimlar va ulardagi foydalanish usuliyu sirlarini bo'lishishga va ularni boshqalar bilan birgalikda o'rganib chiqishga qaratilgan.

# Kelib chiqishi

Xinux jamiyati va guruhlari UwUssimo tomonidan yaratilgan hisoblanib, Xinux jamiyati O'zbekistondagi Linuxga bo'lgan munosabatlarni yaxshilashni ko'zlagan. Masalan, Linux paketlarini yuklash O'zbekistondagi ichki tarmoqlar orqali amalga oshirish imkoniyatlari yoki O'zbekcha tarjimayu O'zbek tiliga moslangan interfeys ko'tarib olib chiqish va uni rivojlantirishni ham o'z ichiga oladi.